"Lester Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Jeremi Monga faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishga yaqin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar transfer bo'yicha kelishuvga deyarli erishgan. Bitim qiymati taxminan 10 million funt sterlingni tashkil etishi, bonuslar bilan esa 12,5 million funtgacha yetishi mumkin.
Qayd etilishicha, yosh futbolchiga avvalroq "Arsenal" ham jiddiy qiziqish bildirgan edi. Biroq "Manchester Siti" muzokaralarda ustunlikka erishib, transferni yakunlashga yaqin turibdi.