Bugun
16
O'zbek

Rasman: Duglas Kosta «Al Ittifoq» futbolchisiga aylandi

Futbol
4 iyul, 14:30
Braziliyalik vinger faoliyatini Dubay klubida davom ettiradi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rasman: Duglas Kosta «Al Ittifoq» futbolchisiga aylandi
Foto: Getty Images

Dubayning «Al Ittifoq» klubi braziliyalik futbolchi Duglas Kostaning transferini rasman e'lon qildi.

34 yoshli vinger 2026 yilning birinchi yarmida Italiyaning «Kyevo» klubida to‘p surgandi. Faoliyati davomida u «Gremio», «Shaxtyor», «Bavariya», «Yuventus», «Los-Anjeles Gelaksi», «Fluminense» va «Sidney» klublari sharafini ham himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Duglas Kosta 2014–2018 yillar oralig‘ida Braziliya milliy jamoasi safida ham muntazam maydonga tushgan.

Ma'lumot uchun, braziliyalik futbolchi «Al Ittifoq»da italiyalik mashhur hujumchi Mario Balotelli bilan bir jamoada harakat qiladi. 35 yoshli Balotelli hamon professional faoliyatini davom ettirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dubai City Dubai City
Bugungi yangiliklar