JCH-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan Kanada — Marokash bahsining birinchi bo‘limida jahon chempionatlari tarixida kuzatilmagan natija qayd etildi.
Opta ma'lumotiga ko‘ra, birinchi taymda hakam futbolchilarga 6 ta sariq kartochka ko‘rsatgan, jamoalar esa darvoza tomon atigi 5 ta zarba yo‘llagan. 1966 yildan buyon yuritilayotgan statistikada bunday holat ilk bor qayd etildi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Sariq kartochkalarni Kanada milliy jamoasi safidan Richi Larie va Jonatan Devid, Marokash milliy jamoasi tarkibidan esa Reduan Halal, Ashraf Hakimiy, Azzedin Unahi va Bilol El-Xannus oldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv JCH-2026 1/8 finali doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Ikkinchi bo‘lim boshida Azzedin Unahining goli Marokashni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ma'lumot uchun, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda hamda turnir 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan final bahsi bilan yakuniga yetadi.