Bugun
2
O'zbek

FIFA maydonga Falastin bayrog'ini olib chiqqan Misr bosh murabbiyini jazolamaydi

Futbol
6 iyul, 07:30
Hossam Hasan Avstraliya bilan bahsdan so'ng g'alabani bayroq bilan nishonlagandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
FIFA maydonga Falastin bayrog'ini olib chiqqan Misr bosh murabbiyini jazolamaydi
Foto: Getty Images

FIFA Misr milliy jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hasanni jazolamaydi.

59 yoshli mutaxassis Jahon chempionati-2026 1/16 finalida Avstraliya (1:1, penaltilar seriyasida — 4:2) mag'lub etilganidan so'ng maydonga Falastin bayrog'i bilan chiqqandi.

FIFA Falastin futbol assotsiatsiyasi tashkilot a'zosi ekanini inobatga olib, Jahon chempionatida ushbu mamlakat bayrog'ini namoyish etishga ruxsat berilganini tasdiqladi. Shu sababli Hossam Hasanga nisbatan hech qanday intizomiy chora ko'rilmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Misr Misr
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar