Misr milliy jamoasi hujumchisi Ayssem Hassan Avstraliya jamoasiga qarshi JCH-2026 pley-offining 1/16 final bosqichida o‘yindagi g‘alaba haqida fikr bildirdi (1:1, penaltilar seriyasida 4:2).
«Biz yaxshi boshladik, oldinga chiqdik, keyin ular hisobni tenglashtirishdi. O‘yin jismoniy jihatdan kuchli jamoaga qarshi bo‘lishini bilardik, ular o‘ta chidamli, shuningdek, juda tezkor va kuchli o‘yinchilarga ega. Jarima zarbalari va burchak to‘plarida qiyin bo‘lishini tushundik, chunki ular juda baland bo‘yli edi.
Rostini aytsam, bu ajoyib, chunki Misrda bugun sen 120 million odamni baxtiyor qilganingni bilasan va butun mamlakat bo‘ylab bayramlar bo‘lishini tushunasan... Har bir futbolchi, bolaligida, hammasi shunday yakunlanishini orzu qiladi», - dedi hujumchi.