Misr milliy jamoasi yetakchisi Muhammad Saloh jahon chempionati 1/16 final bosqichidagi Avstraliya ustidan qozonilgan g‘alaba (1:1, penaltilar bo‘yicha 4:2) taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bugun hayotimdagi eng yaxshi kunlardan biri bo‘ldi, men mamlakatim bilan tarixga kira oldim. Astoydil o‘ynab, jarohatlangan paytimda ham borimni berishga harakat qildim, chunki buning hammasi vatanim uchun. Yigitlar bilan faxrlanaman… Ularga doim aytaman: har bir lahzadan rohatlaning. Biz bularni odatiy holdek qabul qila olmaymiz. Necha marta jahon chempionatida ishtirok etganmiz, bilmayman va avval hech ham guruhdan chiqa olmaganmiz, endi esa keyingi bosqich yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdik. Bu zavqlanish kerak bo‘lgan lahza», - dedi Saloh.