Misr milliy jamoasi sardori Muhammad Saloh JCH-2026da har 90 daqiqaga to‘g‘ri keladigan yaratilgan golli vaziyatlar soni bo‘yicha barcha futbolchilar orasida yetakchilik qilmoqda.
Squawka ma'lumotiga ko‘ra, kamida 300 daqiqa maydonda harakat qilgan futbolchilar orasida Saloh har 90 daqiqada o‘rtacha 4,26 ta golli vaziyat yaratmoqda.
Mazkur reytingning kuchli beshligidan Belgiya milliy jamoasi hujumchisi Leandro Trossard (3,99), Kot-d’Ivuar milliy jamoasi vakili Yan Diomande (2,99), Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne (2,99) hamda Germaniya milliy jamoasi futbolchisi Florian Virts (2,98) ham o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda va turnir 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvi bilan yakunlanadi.
Ma'lumot uchun, amaldagi jahon chempioni Argentina milliy jamoasi hisoblanadi. Argentinaliklar 2022 yilgi mundial finalida Fransiya milliy jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.