Live
1
O'zbek

Dibala «Roma» bilan yangi shartnoma imzolash arafasida

Futbol
5 iyul, 12:40
Argentinalik hujumchi Rim klubida yana kamida bir mavsum faoliyatini davom ettiradi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Dibala «Roma» bilan yangi shartnoma imzolash arafasida
Foto: Getty Images

«Roma» hujumchisi Paulo Dibala yaqin kunlarda klub bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, yangi bitim 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Shuningdek, shartnomada uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, argentinalik futbolchining yillik maoshi 2,5 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, shartnomada turli bonuslar ham nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Paulo Dibala 2022 yilda «Yuventus»ni erkin agent sifatida tark etib, «Roma» safiga kelib qo‘shilgan edi. Uning avvalgi shartnomasi 1 iyul kuni yakunlangan.

Ma'lumot uchun, 2025/26 yilgi mavsumda Dibala klub safida barcha musobaqalarda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bugungi yangiliklar