Live
1
O'zbek

Opta superkompyuteri Angliya va Meksikaning imkoniyatlarini baholadi

Futbol
5 iyul, 13:40
Tahlillarga ko‘ra, 1/8 final bahsida Angliya g‘alabaga asosiy da'vogar hisoblanmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Opta superkompyuteri Angliya va Meksikaning imkoniyatlarini baholadi
Foto: Getty Images
05.07.2026, 20:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Meksika Meksika - : - Angliya Angliya

Opta superkompyuteri JCH-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan Meksika — Angliya uchrashuvi oldidan jamoalarning g‘alaba qozonish ehtimolini hisoblab chiqdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Angliya milliy jamoasining asosiy vaqtda g‘alaba qozonish ehtimoli 40,6 foizni tashkil etadi. Meksika milliy jamoasining imkoniyati esa 31,5 foizga baholangan.

Shuningdek, bahsning asosiy vaqtda durang yakunlanib, qo‘shimcha bo‘limlar yoki penaltilar seriyasiga qadar yetib borish ehtimoli 27,9 foiz deb ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Meksika milliy jamoasi guruh bosqichida 9 ochko jamg‘arib A guruhida birinchi o‘rinni egallagan. Angliya milliy jamoasi esa L guruhini 7 ochko bilan peshqadam sifatida yakunlagan. 1/16 finalda meksikaliklar Ekvadorni 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, inglizlar Kongo DR milliy jamoasini 2:1 hisobida taslim etgandi.

Ma'lumot uchun, Meksika — Angliya uchrashuvi 6 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoa JCH-2026 chorakfinaliga yo‘l oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Meksika Meksika
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar