Meksika milliy jamoasi bosh murabbiyi Xaviyer Agirre jahon chempionati-2026 1/8 finalida Angliya milliy jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan nimalar kutayotganligi haqida gapirib o‘tdi.
«Harri Keyn — bu jahon darajasidagi timsol. Uning «Tottenhem», «Bavariya» yoki o‘z milliy jamoasi uchun urgan gollari — jahon darajasidagi o‘yinchi ekanligini ko‘rsatadi. Uning bo‘yi 1,88 metrni tashkil etadi va bunday tana tuzilishiga qaramay, u oyoqlari bilan yaxshi o‘yin texnikasiga ega. U havodagi kurashda ham foydali, unda hammasi bor. Keyn mehnatkash, himoyada ham faol, yetakchi. U haqida yana nimalar deya olaman?
Biz Harri Keynni faqat markaziy himoyachilarning emas, balki yarimhimoyachilar va qanot himoyachilarning ham kuchlari bilan neytrallashtirishga harakat qilamiz. U maydonda to‘pni qabul qilish uchun chuqurroq tushganda o‘zini qulay his qilmasligi uchun harakat qilamiz. Uning har doim kuzatuvda bo‘lishiga intilamiz, unga yaratuvchilik qobiliyatini ishga solishga imkon bermaymiz», — deya Agirrening so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Sun.