Live
1
O'zbek

Rojers 130 million yevrolik narxiga munosabat bildirdi

Futbol
4 iyul, 13:00
Futbolchi o‘z transfer qiymati haqidagi gaplarga xotirjam yondashayotganini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rojers 130 million yevrolik narxiga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

«Aston Villa» hujumchisi Morgan Rojers o‘ziga 130 million yevrolik narx belgilangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Rostini aytsam, buncha pulga arziymanmi, bilmayman.

Albatta, odamlarning bunday fikr bildirayotgani yoqimli. Ammo tashqaridagi shov-shuvlar menga ta'sir qilishiga yo‘l qo‘ymayman», — dedi Rojers.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda OAVda Morgan Rojersning transfer qiymati 130 million yevroga baholanayotgani va unga Yevropaning bir qator top-klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ma'lumot uchun, 22 yoshli futbolchi Angliya milliy jamoasi safida ham o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda va Yevropaning eng istiqbolli hujumkor futbolchilaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar