Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2026 1/8 finalida Ispaniyaga qarshi uchrashuv oldidan o‘ziga qaratilayotgan tanqidlar va xeyterlar haqida fikr bildirdi.
«23 yildan beri meni «yo‘q qilishga» urinishmoqda. Ammo ular buning foydasi yo‘qligini tushunib yetishdi. Shunga qaramay, yana va yana urinib ko‘rishmoqda. Biroq buning hech qanday ma'nosi yo‘q.
Kimdir meni yaxshi ko‘radi, kimdir yo‘q. Men bunga allaqachon o‘rganib qolganman, bu ishimizning bir qismi.
Mening murojaatim doimo yonimda bo‘lgan insonlarga. Ular hech qachon meni yolg‘iz qoldirishmaydi. Qolgan hamma narsa esa shunchaki shovqin va men uchun hech qanday ahamiyatga ega emas», — dedi Ronaldu AS nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya JCH-2026 1/16 finalida Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgandi.
Ma'lumot uchun, portugallar 6 iyul kuni JCH-2026 1/8 finalida Ispaniya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.