Live
1
O'zbek

De la Fuente: «Bizda dunyodagi eng kuchli yarimhimoya mavjud»

Futbol
5 iyul, 14:00
Ispaniya bosh murabbiyi o‘z jamoasini 2010 yilgi chempion avlod bilan taqqosladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
De la Fuente: «Bizda dunyodagi eng kuchli yarimhimoya mavjud»
Foto: Getty Images
06.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jamoasining yarimhimoya chizig‘i haqida fikr bildirib, uni dunyodagi eng kuchli tarkib deb atadi.

«Mening fikrimcha va buni barchaga katta hurmat bilan aytyapman, bizda dunyodagi eng kuchli yarimhimoya bor. Har bir pozitsiyada eng yuqori saviyadagi ikkita futbolchiga egamiz.

2010 yilgi jamoada ham ajoyib yarimhimoya bor edi, bu haqiqat. Futbol o‘zgarib bormoqda, ammo men hozirgi jamoamizni o‘sha tarkib bilan deyarli bir darajada baholagan bo‘lardim», — dedi de la Fuente.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya 2010 yilgi jahon chempionati finalida Niderlandiya milliy jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, tarixida ilk bor jahon chempioniga aylangandi.

Ma'lumot uchun, JCH-2026 1/8 finalida Ispaniya milliy jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar