Live
1
O'zbek

Nunu Mendesh — JCH-2026da eng ko‘p xavfli vaziyat yaratgan himoyachi

Futbol
5 iyul, 12:25
Portugaliyalik futbolchi mundialning eng sermahsul himoyachilaridan biri sifatida ajralib turmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Nunu Mendesh — JCH-2026da eng ko‘p xavfli vaziyat yaratgan himoyachi
Foto: Getty Images
06.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Ispaniya Ispaniya

Portugaliya milliy jamoasi himoyachisi Nunu Mendesh JCH-2026da yaratilgan yaqqol golli vaziyatlar soni bo‘yicha barcha himoyachilar orasida yetakchilik qilmoqda.

Squawka ma'lumotiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi turnir davomida jamoadoshlari uchun 4 ta yaqqol gol urish imkoniyatini yaratgan va bu himoyachilar orasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Bundan tashqari, Mendesh ushbu mundialda o‘z nomiga ham gol yozdirishga muvaffaq bo‘ldi. U guruh bosqichining 2-turida O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi bahsda (5:0) 17-daqiqada jarima zarbasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gol urgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya milliy jamoasi JCH-2026 1/8 finalida Ispaniya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ma'lumot uchun, ushbu uchrashuv 6 iyul kuni AQSHning Arlington shahridagi AT&T Stadiumda bo‘lib o‘tadi. Turnir finali esa 19 iyulga belgilangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar