Live
1
O'zbek

Erkin kurash. Ulug‘bek Rashidov yana Osiyo chempioni bo‘ldi

Futbol
5 iyul, 13:20
O‘zbekistonlik erkin kurashchi U20 Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Erkin kurash. Ulug‘bek Rashidov yana Osiyo chempioni bo‘ldi
Foto: OlympicUz

Tailandda o‘tayotgan U20 yosh toifasidagi sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida erkin kurash bahslari yakunlandi.

Musobaqada O‘zbekiston milliy jamoasi hisobiga 1 ta oltin va 1 ta bronza medal yozildi. -57 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Ulug‘bek Rashidov barcha raqiblarini mag‘lub etib, ketma-ket yana bir bor Osiyo chempioniga aylandi.

Shuningdek, -65 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sanjarbek Anvarbekov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, U20 Osiyo chempionati Tailandda bo‘lib o‘tmoqda va musobaqada qit'aning eng kuchli yosh polvonlari ishtirok etmoqda.

Bugungi yangiliklar