Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham jurnalistlarni Kilian Mbappe bo'yicha jamoatchilik orasida salbiy obraz shakllantirganlikda tanqid qildi.
"Sizlar Mbappeni diktator sifatida ko'rsatyapsiz, aslida esa hammasi mutlaqo boshqacha. Uning jamoatchilik oldidagi qiyofasi haqiqatga mutlaqo mos kelmaydi.
Kilian har doim yetuk inson bo'lgan va butun jamoa uning ortidan ergashadi", — dedi Desham.
Qayd etish lozim, Mbappe 2026 yilgi jahon chempionatidagi 7-golini urdi. Uning penaltidan kiritgan goli Fransiya milliy jamoasiga Paragvayni 1:0 hisobida mag'lub etib, chorakfinalga chiqish imkonini berdi.
Bu bosqichda Desham shogirdlari Marokash milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.