Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Pedri 2026-yilgi jahon chempionatidagi orzusi haqida gapirib o'tdi.
«Jahon chempionati finalida Messiga qarshi o'ynash — mening orzum. Men uchun u futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi. Uning o'yinini kuzatish menga juda yoqadi.
Lionelning maydonda qilayotgan ishlari hayratlanarli. 39 yoshda shunday darajada o'ynashni faqat ulkan iqtidor evaziga amalga oshirish mumkin», — dedi Pedri AS nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida, 2026-yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichida Ispaniya milliy jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Argentina milliy jamoasi esa Misrga qarshi bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv ham kelasi haftada bo'lib o'tadi.