Bugun
15
O'zbek

Marokash milliy jamoasi 34 ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti

Futbol
4 iyul, 23:35
Jamoaning so'nggi mag'lubiyati 2025 yil yozda qayd etilgan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Marokash milliy jamoasi 34 ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti
Foto: Getty Images

Marokash milliy jamoasi 34 ta o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmayapti.

Afrikaliklar 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichida Kanadani 3:0 hisobida mag'lub etdi. Shu tariqa, Marokash ketma-ket 34 ta o'yindan beri yutqazmayapti. Bu davr mobaynida jamoa 29 ta g'alaba qozonib, 5 ta durang qayd etgan.

Marokash milliy jamoasining so'nggi mag'lubiyati 2025 yil yozda Keniaga qarshi uchrashuvda (0:1) qayd etilgandi. Shuningdek, qishda Afrika millatlar kubogi finalida Senegalga yutqazgan, ammo keyinchalik raqibga texnik mag'lubiyat yozilgan.

Ma'lumot o'rnida, marokashliklar davom etayotgan mundial chorakfinal bosqichida Fransiyaga qarshi bahs olib boradi.

Bugungi yangiliklar