Bugun
15
O'zbek

Mbappe: "Ular bizning jahlimizni chiqarishga urindi, ammo bu borada ham biz ustun keldik"

Futbol
4 iyul, 22:45
Fransiya hujumchisi Paragvayga qarshi o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Mbappe: "Ular bizning jahlimizni chiqarishga urindi, ammo bu borada ham biz ustun keldik"
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Paragvayga qarshi o'yin (1:0) haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Real" futbolchisi uchrashuvdagi yagona gol muallifi bo'ldi. U 70-daqiqada belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi.

"Agar toza futboldan chekinishga to'g'ri kelsa, biz bunga ham tayyormiz. Jamoamiz faqat hujumkor futbol bilan cheklanmasligini ko'rsatdik.

Paragvayliklar maydonga smokingda chiqib, chiroyli kombinatsiyalar uyushtirish uchun keladi deb o'ylashgandi. Lekin biz ham qo'pol va keskin futbol o'ynay olamiz.

Ular bizning jahlimizni chiqarishga urindi, ammo bu borada ham biz ustun keldik", — dedi Mbappe The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot o'rnida, Fransiya milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati chorakfinal bosqichida Marokashga qarshi maydonga tushadi.

Bugungi yangiliklar