Bugun
15
O'zbek

Mbappe — 3 ta mundial pley-off bosqichida kamida 3 tadan gol urgan tarixdagi yagona futbolchi

Futbol
4 iyul, 23:10
Kilian jahon chempionati 1/8 final bosqichida Paragvay darvozasini ham ishg'ol qildi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Mbappe — 3 ta mundial pley-off bosqichida kamida 3 tadan gol urgan tarixdagi yagona futbolchi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi sardori Kilian Mbappe 2026 yildagi jahon chempionati 1/8 final bosqichida Paragvay darvozasini ishg'ol qildi (1:0) va shu orqali jahon chempionatlari tarixida hech kim uddalay olmagan statistik rekordni o'rnatdi.

ESPN nashrining ma'lum qilishicha, Mbappe milliy jamoalar ishtirokidagi eng nufuzli musobaqalarning 3 ta pley-off bosqichida kamida 3 tadan gol urgan tarixdagi yagona futbolchiga aylandi.

Kilian 2018 yil Rossiyada o'tkazilgan jahon chempionati pley-off bosqichida 3 ta, 2022 yil Qatardagi mundialda 5 ta, 2026 yildagi jahon chempionatida esa hozirning o'zida 2 o'yinda 3 ta gol urdi.

Ma'lumot o'rnida, 2026 yildagi jahon chempionati chorakfinal bosqichida Fransiya milliy jamoasi Marokashga qarshi bahs olib boradi.

Bugungi yangiliklar