Ispaniya milliy jamoasi va "Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarsi Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning libosini olish niyati yo'qligini tan oldi.
"Portugaliyaga qarshi o'yindan keyin Ronaldu bilan libos almashtirishni istardim. Lekin buni faqat men xohlayotganim yo'q, navbat juda uzun bo'lishi mumkin", — dedi Kubarsi Barca Universal nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida, Ispaniya milliy jamoasi 1/16 final bosqichida Avstriyani 3:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Portugaliya Xorvatiya ustidan o'yin so'nggida urilgan gol evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.
Ispaniya va Portugaliya milliy jamoalari 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichida o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 6 iyuldan 7 iyulga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.