Bugun
15
O'zbek

Dalich Xorvatiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi — manba

Futbol
5 iyul, 00:50
Zlatko boshchiligida jamoa 2018 yildagi mundialda kumush, 2022 yilda esa bronza medallarini qo'lga kiritgan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Dalich Xorvatiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi — manba
Foto: Getty Images

Zlatko Dalich Xorvatiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. Bu haqda Jutarnji List nashri xabar berdi.

59 yoshli mutaxassisning Xorvatiya futbol ittifoqi (HNS) bilan shartnomasi yakuniga yetdi. Ma'lum qilinishicha, Dalich 2026 yildagi jahon chempionati boshlanishidan oldin Birlashgan Arab Amirliklari klubidan bir mavsum uchun 5 million yevro miqdoridagi taklifni qabul qilgan. U kelasi hafta milliy jamoadan ketishini rasmiy e'lon qilishi kutilmoqda.

Xorvatiya futbol ittifoqi Dalichning o'rniga asosiy nomzod sifatida Slaven Bilich variantini ko'rib chiqmoqda. U 2006–2012 yillar oralig'ida ham milliy jamoani boshqargan, shundan so'ng "Lokomotiv" klubiga o'tib, u yerda bir mavsum ishlagan.

Ma'lum qilinishicha, Xorvatiyaning 2026 yildagi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Portugaliyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin mamlakat futbol ittifoqi rahbariyati ichida Bilich nomzodi muhokama qilingan. Ta'kidlanishicha, mutaxassis milliy jamoaga qaytishga tayyor.

Ma'lumot o'rnida, Dalich 2017 yildan buyon Xorvatiya milliy jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida jamoa 2018 yildagi jahon chempionatida kumush, 2022 yildagi jahon chempionatida esa bronza medallarini qo'lga kiritgan.

Bugungi yangiliklar