Bugun
15
O'zbek

Mbappening Paragvay darvozasiga urgаn goli Fransiyaning jahon chempionatlaridagi 150-goli bo'ldi

Futbol
5 iyul, 01:40
Bu ko'rsatkich bo'yicha fransiyaliklardan faqat 3 ta jamoa yuqori o'rinlarda bormoqda.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Mbappening Paragvay darvozasiga urgаn goli Fransiyaning jahon chempionatlaridagi 150-goli bo'ldi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yildagi jahon chempionati 1/8 final bosqichida Paragvayga qarshi bahsda (1:0) uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qildi.

Hujumchi 70-daqiqada belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Bu uning ushbu turnirdagi yettinchi, jahon chempionatlari tarixidagi esa 19-goli bo'ldi.

Shuningdek, ushbu gol Fransiya milliy jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi 150-goli sifatida qayd etildi. Bu ko'rsatkich bo'yicha fransiyaliklardan faqat 3 ta jamoa yuqori o'rinlarda bormoqda: Braziliya — 246 ta gol (2026 yildagi jahon chempionatida ishtirokini davom ettirmoqda), Germaniya — 243 ta va Argentina — 163 ta gol (2026 yildagi jahon chempionatida ishtirokini davom ettirmoqda).

Bugungi yangiliklar