Bugun
15
O'zbek

Solbakken: «Eng avvalo, Braziliyani jamoa sifatida to'xtatishimiz lozim»

Futbol
5 iyul, 01:15
Norvegiya bosh murabbiyi braziliyaliklarga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Solbakken: «Eng avvalo, Braziliyani jamoa sifatida to'xtatishimiz lozim»
Foto: Getty Images

Norvegiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Braziliyaga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.

«Braziliya, albatta, favorit. Lekin bir necha yil oldingidek mutlaq ustunlikka ega emas. Biz ancha vaqtdan beri yaxshi futbol namoyish etib kelyapmiz, o'z kuchimizga ishonamiz va to'p bilan ham juda yaxshi harakat qilamiz.

Bu bizga yordam beradi, ammo Braziliyaga qarshi muvaffaqiyat qozonish uchun eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishimiz kerak.

Turnir davomida braziliyaliklar sezilarli darajada kuchaydi. Ularning Yaponiyaga qarshi ikkinchi bo'limi esa bu jahon chempionatidagi eng yaxshi o'yinlaridan biri bo'ldi.

Ularda to'xtatish kerak bo'lgan kuchli futbolchilar juda ko'p. Biroq eng avvalo, Braziliyani jamoa sifatida to'xtatishimiz lozim. Buni aytish oson, amalga oshirish esa qiyin. Shunga qaramay, biz yaxshi tayyorgarlik ko'rdik.

Bizning asosiy kuchimiz — raqib kim bo'lishidan qat'i nazar, o'z o'yin uslubimizga sodiq qolishimizdir. Albatta, raqibning kuchli tomonlarini cheklashga harakat qilamiz, ammo shu bilan birga imkon qadar o'z futbolimizni namoyish etishni xohlaymiz», — dedi Solbakken.

Ma'lumot o'rnida, Braziliya va Norvegiya milliy jamoalari o'rtasidagi 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi bahs 5 iyuldan 6 iyulga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

Bugungi yangiliklar