Bugun
15
O'zbek

Saloh kelajagi bilan bog'liq masalani Misr mundialdagi ishtirokini yakunlaganidan keyin hal qiladi

Futbol
5 iyul, 03:30
Futbolchiga asosiy da'vogar sifatida Saudiya Arabistoni klublari ko'rsatilmoqda.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Saloh kelajagi bilan bog'liq masalani Misr mundialdagi ishtirokini yakunlaganidan keyin hal qiladi
Foto: Getty Images

Misrlik hujumchi Muhammad Saloh «Liverpul»dan ketganidan keyin faoliyatini qayerda davom ettirishi borasida hali bir qarorga kelmagan. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, futbolchiga asosiy da'vogar sifatida Saudiya Arabistoni klublari ko'rsatilmoqda. Shuningdek, Muhammadga Yevropa klublari hamda MLS jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Saloh kelajagi bilan bog'liq masalani Misr milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlaganidan keyin hal qiladi. Afrikaliklar mundial 1/8 final bosqichida Argentinaga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar