Bugun
15
O'zbek

Alonso «Chelsi»ga Güler va Chuamenini olib kelmoqchi

Futbol
5 iyul, 04:45
Xabi «Real»dagi sobiq shogirdlari bilan yana birga ishlashni istamoqda.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Alonso «Chelsi»ga Güler va Chuamenini olib kelmoqchi
Foto: Getty Images

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso «Real»ning ikki yarimhimoyachisi bilan yana birga ishlashni istamoqda. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.

Gap Arda Güler va Aurelien Chuameni haqida ketmoqda. Qayd etilishicha, agar Enzo Fernandes jamoani tark etsa, ispan mutaxassis ikki yarimhimoyachilardan birini Londonga olib kelishni talab qiladi.

Transfermarkt bahosiga ko'ra, 21 yoshli Gülerning narxi 90 million yevroni tashkil etadi. 26 yoshli Chuamenining bahosi esa 70 million yevroga teng.

Ma'lumot uchun, Xabi may oyida «Chelsi» bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

Bugungi yangiliklar