UFC sobiq chempioni Daniel Kormie tashkilot jangchilaridan iborat besh kishilik futbol jamoasini tuzdi.
Kormie tarkibga og'ir vazn toifasidagi Siril Gan va Tom Aspinallni, eng engil vazn toifasidagi Joshua Vanni, o'rta vazn toifasidagi Shon Striklendni hamda yarim o'rta vazn toifasidagi Islom Maxachevni kiritdi.
Ma'lumot o'rnida, Daniel UFC'ning yarim og'ir va og'ir vazn toifalarida sobiq chempioni hisoblanadi. U futbolni yaqindan kuzatib boradi va "Arsenal" muxlisi hisoblanadi.
Avvalroq Kormie MMA'ning ayni vaqtdagi eng yaxshi ikki jangchisini aytib o'tgandi.