Murabbiy Yurgen Klopp Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlandi. Bu haqda insayder, jurnalist Fabritsio Romano o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Insayderning xabariga ko‘ra, uzoq muddatli shartnoma va Kloppning Red Bull tizimidan ketishi borasida muzokaralar davom etmoqda, ammo 59 yoshli murabbiy bundestim ustoziga aylanishi aniq.
Ma’lumot uchun, Klopp 2025-yildan buyon Red Bull xalqaro aloqalar direktori sifatida faoliyat olib bormoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Red Bulldan avval mutaxassis 2015 - 2024-yillarda «Liverpul»da ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 3 iyul kuni Germaniya futbol ittifoqi (DFB) Yulian Nagelsman bilan muddatidan avval hamkorlikni to‘xtatgani va Klopp bilan muzokaralar olib borishini e’lon qilgan edi.