Yurgen Klopp Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlansa, unga keng vakolatlar beriladi.
Kerri Hau, Patrik Berger va Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, Germaniya futbol ittifoqi mutaxassisga milliy jamoa faoliyatini tubdan qayta qurish, ish tizimini o‘zgartirish hamda o‘z murabbiylar shtabini shakllantirish huquqini taqdim etishga tayyor.
Ma'lumotlarga qaraganda, Klopp bilan birga uning ko‘p yillik yordamchisi Peter Kravits ham ish boshlaydi. Shuningdek, Pep Leynders va Jolt Lev ham murabbiylar shtabidan joy olishi mumkin bo‘lgan nomzodlar sifatida ko‘rilmoqda.
Ayni paytda milliy jamoa sport direktori Rudi Fyollerning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Biroq Germaniya futbol ittifoqida Fyoller va Klopp tandemi kamida Yevro-2028 musobaqasigacha samarali faoliyat yurita oladi, degan ishonch bor.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya milliy jamoasi JCH-2026da 1/16 final bosqichida Paragvayga imkoniyatni boy berib, turnirni muddatidan oldin tark etgandi.
Ma'lumot uchun, Klopp boshqaruvi ostida Germaniya futbolida o‘yin uslubi, milliy jamoa tizimi hamda yosh futbolchilarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.