Bugun
16
O'zbek

Germaniya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Folland 33 yoshida faoliyatini yakunladi

Futbol
4 iyul, 00:20
U "Bayer" va "Monako" kabi klublarda o‘ynagan.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Germaniya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Folland 33 yoshida faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images

33 yoshli hujumchi Kevin Folland professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Germaniyalik futbolchi faoliyati davomida "Hoffenhaym", "Bayer", "Monako" va "Union" klublarida harakat qildi. Uning so‘nggi jamoasi "Myunxen-1860" bo‘ldi. Folland faoliyatini aynan shu klubda boshlagan va shu yerda yakunladi. Shuningdek, hujumchi Germaniya milliy jamoasi safida 15 ta bahsda maydonga tushgan.

"Payti kelib, inson o‘zi uchun og‘ir qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. Bir kun kelib faoliyatingizni yakunlash muqarrar bo‘ladi. Men uchun ham aynan shunday vaqt keldi.

Ajoyib o‘tgan 16 yil uchun hammaga rahmat. Bu men uchun katta baxt edi va buning sog‘inchi albatta bo‘ladi", — dedi Folland.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar