Bu haqda BILD nashri xabar berdi.
Myunxenning «Bavariya» klubi rahbariyati Yurgen Kloppning Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘tmishda «Bavariya» va Klopp o‘rtasidagi munosabatlar ancha tarang bo‘lganiga qaramay, hozir klubdagilar Germaniya milliy jamoasi uchun aynan Yurgen singari mutaxassis kerak, deb hisoblashmoqda. Oxirgi bir necha yillarda Klopp va «Bavariya» o‘rtasidagi munosabatlar nisbatan stabillashgan. Mamlakatning amaldagi chempioni rahbariyati «Borussiya» va «Liverpul» klublari sobiq ustozi nemislarni yana oyoqqa turg‘iza olishiga ishonadi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya milliy jamoasi JCH-2026 1/16 finalida Paragvayga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Buning natijasida Yulian Nagelsmann jamoa bosh murabbiyligidan ketdi.