Bugun
16
O'zbek

"Vaziyatni tubdan o'zgartirishimiz kerak" — Klopp Germaniya bosh murabbiyi bo'lishga yaqinligini tasdiqladi

Futbol
4 iyul, 01:10
Muzokaralar davom etmoqda.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Vaziyatni tubdan o'zgartirishimiz kerak" — Klopp Germaniya bosh murabbiyi bo'lishga yaqinligini tasdiqladi
Foto: Getty Images

Yurgen Klopp Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallashi ehtimoli haqida gapiradi.

Avvalroq Germaniya futbol ittifoqi (DFB) JCh-2026da 1/16 final bosqichidayoq musobaqani tark etgan jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinganini ma'lum qilgandi. Shuningdek, DFB rasmiy ravishda Klopp bilan muzokaralarni boshlashini e'lon qildi. Mutaxassis esa bu lavozimni egallashga tayyor ekanini bildirdi.

«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi hozirda Red Bull kompaniyasining futbol yo'nalishi rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda.

Muzokaralar haqida

«Ha, muzokaralar bo'layotganini tasdiqlayman. Hammasi juda tez sodir bo'ldi. Yulian iste'foga chiqdi. Germaniya futbol ittifoqi yangi bosh murabbiy izlamoqda va ular men bilan muzokara o'tkazmoqda».

Oldinda qilinishi kerak bo'lgan ishlar haqida


«Buning uchun vaqt kerak. Red Bull bilan amaldagi shartnomam bor. Muzokaralarga qiziqish bildirayotganimni aytganman. Ular jiddiy va mazmunli bo'ladi, chunki gap faqat Yulian Nagelsmannning o'rnini to'ldirish haqida emas.

Shuningdek, ish beruvchim Oliver Mintslaff bilan ham suhbatlashishim kerak. Biz allaqachon ayrim masalalarni muhokama qildik. Menimcha, u bunga to'sqinlik qilmaydi. Bu yerda 19 oydan beri ishlayapman va bu davr juda sermazmun o'tdi».


Kayfiyati haqida

«Tayyorman. Muzokaralar boshlanishi bilan inson yanada tezroq fikrlay boshlaydi. Vaziyatni tubdan o'zgartirishimiz kerak», — dedi Klopp MagentaTV telekanaliga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
Bugungi yangiliklar