Bugun
16
O'zbek

Messining JChda gol urgan jamoalari 14 taga yetdi

Futbol
3 iyul, 22:45
Leo bu borada yakqol rekordchi sanaladi. Keyingi o'rindagi uch futbolchi 10 tadan jamoaga to'p kiritgan.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Messining JChda gol urgan jamoalari 14 taga yetdi
Foto: Getty Images
03.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 2 Kabo-Verde Kabo-Verde

Lionel Messi JCh-2026ning 1/16 final bosqichida Kabo-Verdega (3:2) qarshi bahsda hisob ochdi.

Natijada argentinalik 39 yoshli forvardning mundialda gol urgan jamoalari soni 14 taga yetdi. Bu bilan Leo turnir tarixidagi o'z rekordini yanada yaxshiladi.

Bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinni Ronaldo, Miroslav Kloze va Yurgen Klinsmann egallab turibdi. Ularning har biri Jahon chempionatlarida 10 ta turli mamlakat milliy jamoasiga gol urgan.

Messi Jahon chempionatlarida quyidagi jamoalar darvozasini ishg'ol qilgan:

— Serbiya va Chernogoriya (2006 yildagi JChda bir jamoa sifatida qatnashgan),
— Bosniya va Hertsegovina,
— Eron,
— Nigeriya,
— Saudiya Arabistoni,
— Meksika,
— Avstraliya,
— Niderlandiya,
— Xorvatiya,
— Fransiya,
— Jazoir,
— Avstriya,
— Iordaniya,
— Kabo-Verde.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Kabo-Verde Kabo-Verde
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar