Bugun
16
O'zbek

Anchelotti: «Neymar hozirgi vaziyatdan qoniqmayapti, lekin o'zini yaxshi tutyapti»

Futbol
4 iyul, 01:35
Futbolchi JCH-2026da faqat bir o'yinda maydonga tushdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Anchelotti: «Neymar hozirgi vaziyatdan qoniqmayapti, lekin o'zini yaxshi tutyapti»
Foto: Getty Images

Braziliya bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoada Neymarning o'rni haqida fikr bildirdi.

34 yoshli hujumchi hozirgacha JCH-2026da faqat bitta bahsda maydonga tushdi. U guruh bosqichining 3-turida Shotlandiya (3:0) bilan o'yinda 76-daqiqada zaxiradan qo'shilgan. Yaponiyaga (2:1) qarshi 1/16 final bellashuvida esa Neymar butun o'yin davomida zaxira o'rindig'ida qoldi.

«Ha, u to'liq 90 daqiqa o'ynashga tayyor. Albatta, hozirgi vaziyatdan qoniqmayapti, lekin o'zini juda yaxshi tutyapti. Mashg'ulotlarda ham a'lo darajada ishlayapti.

Neymar jamoada katta hurmatga ega. U ochiqko'ngil inson va jamoadoshlari uni juda yaxshi ko'rishadi. Uning jamoada o'rni juda muhim. U buyuk mahorat egasi, shu bilan birga juda kamtar inson ham. Men undan juda mamnunman. Va, albatta, u doimgidek o'ynashni xohlaydi»,
— dedi Anchelotti Folha de S. Paulo nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar