Bugun
16
O'zbek

Saloh Avstraliya — Misr o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
3 iyul, 19:30
Misrliklar vingeri penaltilar seriyasida zarbasini «panenka» uslubida amalga oshirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Saloh Avstraliya — Misr o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Foto: Getty Images
03.07.2026 AP Jahon chempionati (JCH-2026) Avstraliya Avstraliya (2) 1 : 1 (4) Misr Misr

Muhammad Saloh FIFA talqiniga ko‘ra Avstraliya — Misr bahsining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Afrika jamoasi JCH-2026 1/16 finalida Avstraliyani mag‘lub etdi (asosiy vaqt — 1:1, penaltilar seriyasi — 4:2).

Misrlik 34 yoshli vinger penaltilar seriyasida o‘z zarbasini «panenka» uslubida aniq amalga oshirdi. Bellashuv davomida esa u gol yoki assist qayd eta olmadi.

Ma’lumot uchun, Misr keyingi bosqichda Argentina — Kabo-Verde juftligi g‘olibi bilan ro‘baro‘ keladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Avstraliya Avstraliya
  • Misr Misr
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar