Live
1
O'zbek

Pedri: «JCH finalida Messi bilan o‘ynashni orzu qilaman»

Futbol
5 iyul, 07:36
Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi orzusi haqida gapirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Pedri: «JCH finalida Messi bilan o‘ynashni orzu qilaman»
Foto: Gettyimages

Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Pedri 2026 yilgi Jahon chempionatidagi orzusi haqida gapirdi.

«JCH finalida Messiga qarshi o‘ynash orzum. Men uchun u tarixdagi eng buyuk futbolchi. Uning o‘yinini tomosha qilishdan zavq olaman. Bizning har kunlik birga mashg‘ulotlarimiz davomida ham bundan zavqlanganman. Uning qilgan ishlari ajoyib. Uning yoshida bunday narsa faqat uning buyuk mahorati tufayligina mumkin. Men uchun u tarixdagi eng yaxshi o‘yinchi», — deya Pedrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 1/8 finalida Ispaniya milliy jamoasi 6-iyulda Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Argentina milliy jamoasi esa 7-iyulda Misr bilan o‘ynaydi.

Bugungi yangiliklar