«Bavariya» va Fransiya milliy jamoasi himoyachisi Upamekano o‘z jamoadoshi, Germaniya milliy jamoasi himoyachisi Jonatan Taga nisbatan irqchilik izohlariga munosabat bildirdi.
Jonatan Ta Paragvayga qarshi o‘yinda penaltidan foydalana olmaganidan so‘ng, irqchilikka duchor bo‘ldi. O‘yin 1:1 (3:4 penaltilar seriyasi) hisobida tugagandi. Ushbu bahs jahon chempionati — 2026 1/16 final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tdi.
«U bilan aloqadaman. O‘yindan keyin unga yozdim va juda kuchli shaxs ekanligini bilaman. Shunday inson bilan bir jamoad o‘ynash juda yoqimli — uning ajoyib mentaliteti bor. Jonatan o‘zi o‘sha penaltini tepishni xohladi, chunki u doimo shunday kayfiyatga ega edi. U Germaniya milliy jamoasi va «Bavariya» uchun juda muhim futbolchi. Nega hali ham shunday odamlar borligini tushunmayman — men irqchilikni qabul qilmayman. Ammo u bunga e’tibor bermasligi kerak. Shunchaki olg‘a harakat qilishi va bor kuchini berishi lozim», — deydi Upamekano Sky Sport Germany jurnalisti Kerri Hauga intervyuda.
Jahon chempionati-2026 AQSh, Meksika va Kanadada o‘tkazilayotgan musobaqa 19 iyulda yakunlanadi. Jahonning amaldagi chempioni Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.