UFC shon-sharaf zaliga a'zo, yarim og'ir va og'ir vazn toifalarida ikki karra sobiq chempion Daniel
Kormie Arman Sarukyan'ning hozirgi formasi va istiqbolini yuqori baholadi.
«Menimcha, Arman faol bo'lib qolish uchun zarur bo'lgan hamma ishni qilyapti. Bu yigit, ehtimol, hozirda dunyodagi eng yaxshi engil vaznli jangchidir. Islom boshqa vazn toifasiga o'tgach, Arman juda kuchli ko'rinmoqda. U yirik, kuchli va jismonan juda baquvvat», — dedi Kormie Red Corner MMA portali ulashgan videoda.
Sobiq chempion, shuningdek, UFC'ning engil vazn toifasidagi amaldagi chempioni Iliya Topuriyani ham alohida ta'kidladi va aynan u hamda Sarukyan bugungi kunda jahon MMA'sining cho'qqisida ekanini qayd etdi.
«Iliya Topuriya — ajoyib chempion. O'ylaymanki, hozirgi vaqtda dunyodagi eng yaxshi ikki jangchi — Ilia va Arman. Bir kun kelib, ular albatta o'zaro jang qilishlari kerak», — deya qo'shimcha qildi Kormie.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Topuriya oilaviy muammolar sabab faoliyatida tanaffus qilishi haqida xabar bergandi.