Jurnalist Lyuis Stil xabar berdi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli Barkola «Liverpul» emas, «Arsenal» safiga qo‘shilishni ma’qul ko‘rmoqda. Futbolchi bosh murabbiy Mikel Arteta bilan birga ishlashga va Londonda istiqomat qilishga qiziqmoqda.
O‘tgan mavsumda Barkola barcha musobaqalarni inobatga olganda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Barkolaning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali vingerning aktual transfer narxini 70 million yevroga baholamoqda.