Bugun
16
O'zbek

Trossar «Beshiktosh»ga o‘tishga yaqin

Futbol
4 iyul, 13:43
Turk klubi belgiyalik vinger transferi bo‘yicha «Arsenal» bilan kelishuvga erishdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Trossar «Beshiktosh»ga o‘tishga yaqin
Foto: Getty Images

Turkiyaning «Beshiktosh» klubi «Arsenal» vingeri Leandro Trossar transferi borasida kelishuvga erishdi.

The Athletic xabariga ko‘ra, transferning umumiy qiymati 20 million yevroni tashkil etadi. Shundan 18 million yevro asosiy transfer summasi bo‘lsa, yana 2 million yevro bonuslar ko‘rinishida to‘lanadi. Hozircha futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Leandro Trossarning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ma'lumot uchun, 31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Mikel Arteta jamoasi safida barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ayni paytda u Belgiya milliy jamoasi safida JCH-2026da ishtirok etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Besiktas Besiktas
Bugungi yangiliklar