«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
El Nacional xabariga ko‘ra, Xosep Gvardiola bosh murabbiylik lavozimini tark etganidan so‘ng norvegiyalik futbolchi klubning Enso Mareska boshqaruvidagi yangi loyihasiga shubha bilan qaramoqda. Holand hozircha yakuniy qarorga kelmagan, biroq Gvardiola va Bernardu Silva ortidan ketish ehtimolini istisno qilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» Erling Holandni 2022 yilda o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Ma'lumot uchun, 25 yoshli hujumchi 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan.