«Nyukasl» braziliyalik yarimhimoyachi Bruno Gimarayesni yozgi transfer oynasida jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Mail on Sunday xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Eddi Hau 28 yoshli futbolchini jamoaning daxlsiz futbolchilaridan biri sifatida ko‘radi. Shu sababli uning Londonning «Arsenal» klubiga ko‘chib o‘tishi deyarli imkonsiz deb baholanmoqda.
Avvalroq OAVda «Arsenal» Gimarayes transferi uchun 80 million yevro atrofida taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, Bruno Gimarayesning «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, braziliyalik yarimhimoyachi 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.