Live
1
O'zbek

Pedri: «Har bir futbolchi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni orzu qiladi»

Futbol
5 iyul, 12:30
Ispaniyalik yarimhimoyachi individual sovrindan ko‘ra jamoaviy yutuqlarni ustun qo‘yishini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Pedri: «Har bir futbolchi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni orzu qiladi»
Foto: Getty Images

«Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Pedri «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish orzusi borligini tan oldi.

«Har bir futbolchi «Oltin to‘p»ni yutishni orzu qiladi. Futbol bilan shug‘ullanadigan har qanday inson shunday mukofotni qo‘lga kiritishni istaydi.

Bu individual sovrin, men esa jamoaviy yutuqlarni ko‘proq qadrlayman. Ammo ishonchim komilki, milliy jamoadagi istalgan futbolchidan so‘rasangiz, u ham «Oltin to‘p»ni yutishni xohlashini aytadi. To‘g‘ri, bizda bunday sovrin sohibi allaqachon bor», — dedi Pedri kulib.

Eslatib o‘tamiz, Pedri 2021 yilda Yevropaning eng iqtidorli yosh futbolchisiga topshiriladigan «Golden Boy» mukofotini qo‘lga kiritgan edi.

Ma'lumot uchun, 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar