Live
1
O'zbek

«Real» Olise uchun rekord darajadagi taklif tayyorlamoqda

Futbol
5 iyul, 12:50
Madrid klubi fransiyalik vinger transferi uchun 270 million yevro sarflashga tayyor.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Real» Olise uchun rekord darajadagi taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Bavariya» vingeri Maykl Oliseni o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan voz kechgani yo‘q.

Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» 24 yoshli futbolchi uchun umumiy qiymati 270 million yevroga teng taklif tayyorlamoqda. Uning 222,3 million yevrosi kafolatlangan transfer summasi bo‘lsa, qolgan qismi bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, avvalroq «Bavariya» rahbariyati Oliseni ushbu transfer oynasida sotish niyatida emasligini ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Maykl Olise 2025/26 yilgi mavsumda «Bavariya» safida barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, fransiyalik futbolchi JCH-2026da ham barcha 5 ta bahsda ishtirok etib, 6 ta golli uzatma bilan turnirning eng yaxshi assistentlaridan biri bo‘lib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar