Argentinalik va fransuz futbolchilari jahon chempionatida piyoda yurgan masofa foizi eng yuqori bo‘lgan ikki futbolchi hisoblanadi.
Bu haqda Opta statistika portali xabar berdi.
Argentinalik va fransuz futbolchilari jahon chempionatida piyoda yurgan masofa foizi eng yuqori bo‘lgan ikki futbolchi hisoblanadi. Bu borada jahon chempionati bahslarida kamida 150 daqiqa o‘ynagan futbolchilar ko‘rsatkichlari inobatga olingan.
39 yoshli Messi o‘zi bosib o‘tgan masofaning 47%ni piyoda o‘tgan bo‘lsa, 27 yoshli Mbappeda bu ko‘rsatkich – 45%.
Qizig‘i, aynan shu ikki futbolchi JCH-2026 to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda. Hozirgacha Messi va Mbappe 7 tadan gol urishga erishdi. Shuningdek, ushbu futbolchilar jahon chempionatlari tarixida ham eng yaxshi ikki to‘purar hisoblanadi. Messi hozirgacha 20 ta gol urgan bo‘lsa, Mbappe 19 bor raqiblari darvozasiga yo‘l topa olgan.