Live
1
O'zbek

De la Fuente: «Yamal bir yil avvalgi futbolchi emas»

Futbol
5 iyul, 13:30
Ispaniya bosh murabbiyi yosh vingerning sezilarli darajada o‘sganini ta'kidladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
De la Fuente: «Yamal bir yil avvalgi futbolchi emas»
Foto: Getty Images
06.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 18 yoshli vinger Lamin Yamalning so‘nggi bir yil ichidagi rivojlanishiga yuqori baho berdi.

«Lamin endi bir yil avval Millatlar ligasi finalida Portugaliyaga qarshi o‘ynagan futbolchi emas. U ancha yetuklashdi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshdi. Endi u o‘yinni yaxshiroq o‘qiydi, maydonda to‘g‘riroq qarorlar qabul qiladi.

Ishonchim komilki, u yildan yilga yanada kuchayib boradi. Unga beradigan maslahatim shuki: o‘zing bo‘lib qol, futboldan zavq ol, ammo zimmandagi mas'uliyatni ham unutma», — dedi de la Fuente.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal JCH-2026da 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, Ispaniya milliy jamoasi 6 iyul kuni JCH-2026 1/8 finalida Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar