Janubiy Koreya futbolchisi Li Kan In yozgi transfer oynasida «PSJ»ni tark etishga yaqin turibdi.
Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, madridliklar futbolchi bilan 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Endilikda «Atletiko» va «PSJ» transfer summasi borasida yakuniy kelishuvga erishishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Li Kan In 2023 yilda «Malyorka»dan «PSJ» safiga 22 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Uning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Ma'lumot uchun, 2025/26 yilgi mavsumda 24 yoshli yarimhimoyachi «PSJ» safida barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.