Turkiya milliy jamoasi himoyachisi Zeki Chelik «Roma» bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha barcha shartlarni kelishib olgan. Endilikda Rim klubi rahbariyati hujumchi Paulo Dibala bilan yangi shartnoma yuzasidan muzokaralarni boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Zeki Chelik «Bursaspor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida «Istanbulspor», «Lill» va boshqa klublar safida ham to‘p surgan.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli himoyachi JCH-2026da Turkiya milliy jamoasi sharafini himoya qildi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 14 million yevroga baholamoqda.