Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarning jismoniy holati va Vinisius Junior bilan birga o‘ynashi haqida fikr bildirdi.
«Neymar 90 daqiqa o‘ynay oladi. U Vinisius Junior bilan birga ham maydonga tushishi mumkin. Menimcha, ular albatta birga o‘ynashadi», — dedi Anchelotti.
Eslatib o‘tamiz, Neymar uzoq davom etgan jarohatlardan so‘ng yana Braziliya milliy jamoasi safiga qaytdi va JCH-2026da jamoaning asosiy futbolchilaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Ma'lumot uchun, Karlo Anchelotti boshqaruvidagi Braziliya milliy jamoasi JCH-2026 pley-off bosqichida chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda.