Bugun
2
O'zbek

Ronaldu: "Bizga qarshi o‘yinda nazariy jihatdan Ispaniya favorit"

Futbol
6 iyul, 02:40
Krishtianu Ispaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Ronaldu: "Bizga qarshi o‘yinda nazariy jihatdan Ispaniya favorit"
Foto: Getty Images
06.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Ispaniya Ispaniya

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichida Ispaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men Ispaniyani juda yaxshi ko‘raman. U yerda uylarim va biznesim bor. Do‘stlarimning aksariyati ispan. Oilam ham deyarli ispanlardan iborat.

Ispaniya har bir musobaqada g‘oliblik uchun kurashadi. Nazariy jihatdan ular bizga qarshi o‘yinning favoriti, chunki ispanlar ko‘proq sovrin yutishgan va Portugaliyaga nisbatan kattaroq tarixga ega. Lekin charchoq, jarohatlar va issiq ob-havo kabi omillar ham bor.

Men Ispaniyaga qarshi o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Ilgari ularga qarshi bir necha bor maydonga tushganman va o‘sha bahslar teng kurashlar ostida o‘tgan. Bu safar ham shunday bo‘ladi.

G‘olibni mayda jihatlar hal qiladi. Umid qilamanki, bu Portugaliya bo‘ladi. Menda shunday hissiyot bor», — dedi Ronaldu.

Avvalroq Krishtianu bu uning so‘nggi jahon chempionati bo‘lishini tasdiqlagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar